fbpx Betguru » Yevro-2024. Gruziya Portugaliyani mag‘lub etdi va debyutidayoq pley-offga chiqdi, Turkiya ham 1/8 finalda
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Gruziya Portugaliyani mag‘lub etdi va debyutidayoq pley-offga chiqdi, Turkiya ham 1/8 finalda

Yevropa chempionatida guruh bosqichi yakunlandi.

F guruhida Gruziya (4) 1-o‘rinni egallashi aniq bo‘lgan va shu sabab rotatsiya qilgan Portugaliyani (6) mag‘lubiyatga uchratib, ilk yirik turniridayoq pley-offga yo‘l oldi (3-o‘rin bilan).

Turkiya (6) esa 20-daqiqadyoq kamchilikda qolgan Chexiyaga (1) qarshi bahsda qiyin g‘alabaga erishdi va 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.

Nimchorakfinalda Portugaliya Sloveniya, Turkiya Avstriya, Gruziya Ispaniya bilan o‘ynaydi.

Yevro-2024. F guruhi. 3-tur. 26 iyun

Gruziya — Portugaliya 2:0

Gollar: Kvaratsxeliya (2), Mikautadze (57, penalti).

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kverkveliya, 76), Dvali, Lochoshvili (Sitaishvili, 63), Kiteyshvili, Kochorashvili, Chakvetadze (Mekvabishvili, 81), Kvaratsxeliya (Davitashvili, 82), Mikautadze.

Portugaliya – Koshta, Dalot, Inasiu, Antoniu Silva (Semedu, 66), Danilu, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Joau Nevesh (Nunesh, 75), Feliks, Konseysau, Ronaldu (Ramush, 66), Netu (Jota, 75).

Ogohlantirishlar: Ronaldu (28), Netu (44), Ruben Nevesh (53), Mekvabishvili (85).

Chexiya — Turkiya 1:2

Gollar: Souchek (66) — Chalxono‘g‘li (51), To‘sun (90+4).

Chexiya – Stanek (Kovarj, 55), Soufal, Hranak, Holesh, Kreychi, Yurasek (Yurasek, 81), Barak, Provod (Lingr, 75), Souchek, Xitil (Kuxta, 55), Glojek (Xori, 55).

Turkiya – Gyunok, Muldur, Akaydin, Demiral, Kadio‘g‘li, Chalxono‘g‘li (Ko‘kchyu, 87), O‘zjan (Ayxan, 46), Yuksak (Yokushlu, 63), Guler (To‘sun, 75), Yilmaz, Yildiz (Akturko‘g‘li, 76).

Ogohlantirishlar: Barak (11), O‘zjan (31), Shik (34), Yildiz (37), Yuksak (49), Gyunok (64), Chalxono‘g‘li (66), Chaqir (68), Muldur (81), Yarosh (84), Cherv (85), Akaydin (85), Kreychi (90+1), Souchek (o‘yindan keyin), Guler (o‘yindan keyin).

Chetlatishlar Barak (20), Xori (o‘yindan keyin).

image