fbpx Betguru » Yevro-2024. Gruziya Chexiya bilan durang o‘ynab, yirik turnirlardagi ilk ochkosini oldi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Gruziya Chexiya bilan durang o‘ynab, yirik turnirlardagi ilk ochkosini oldi

Yevropa chempionatida 2-tur bahslari davom ettirilmoqda.

F guruhida dastlabki turda yutqazganlar bellashuvida Gruziya (1) Chexiya (1) bilan durang o‘ynadi va yirik turnirlardagi tarixiy — ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. Jamoa posboni Mamardashvili 10 ta seyvni amalga oshirdi.

Toshkent vaqti bilan 21:00da guruhning ikkinchi o‘yinida Turkiya (3) Portugaliyaga (3) qarshi maydonga tushadi va g‘alaba qozongan jamoa pley-offga yo‘llanma oladi.

Yevro-2024. F guruhi. 2-tur

Gruziya — Chexiya 1:1

22 iyun, «Folkparkshtadion»

Gollar: Mikautadze (45+4, penalti) — Shik (59).

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya (Gvelesiani, 81), Dvali, Sitaishvili (Lochoshvili, 62), Kochorashvili, Mekvabishvili, Davitashvili (Chakvetadze, 62), Kvaratsxeliya (Lobjanidze, 82), Mikautadze (Kvilitaya, 88).

Chexiya – Stanek, Soufal, Hranach, Golesh, Kreychi, Yurasek (Shevchik, 81), Provod (Barak, 81), Souchek, Cherni (Yurasek, 55), Shik (Xitil, 68), Glojek (Lingr, 55).

Ogohlantirishlar: Soufal (18), Kashia (36), Provod (40), Yurasek (47), Golesh (53), Souchek (81), Gvelesiani (81), Mekvabishvili (83), Kochorashvili (90+5).

image