fbpx Betguru » Yevro-2024. Germaniya Vengriyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma olgan birinchi jamoaga aylandi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Germaniya Vengriyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma olgan birinchi jamoaga aylandi

Yevro-2024 2-turi doirasidagi ikkinchi bahsda mezbon Germaniya navbatdagi g‘alabaga erishdi.

Nemislar Vengriyaga qarshi uchrashuvda Musiala va Gundo‘g‘anning goli evaziga turnirdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi – 2:0.

Shu tariqa, Germaniya 6 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘llama olgan birinchi jamoaga aylandi. Vengriya hisobida hozircha ochko mavjud emas. Guruhdagi ikkinchi o‘yin bugun Shotlandiya va Shveysariya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2024. A guruhi. 2-tur

Germaniya – Vengriya 2:0

Gollar: 1:0 – 22 Musiala, 2:0 – 67 Gundo‘g‘an.

Germaniya – Noyer, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt, Kroos, Gundo‘g‘an (Undav, 84), Andrix (Jan, 72), Virts (Sane, 58), Kimmix, Haverts (Fyullkrug, 58), Musiala (Fyurix, 72).

Vengriya – Gulachi, Bolla (Adam, 75), Fiola, Orban, Dardai, Kerkez (Nad, 75), Gazdag, Shallai (Chobot, 87), Nad (Klyaynxaysler, 64), Soboslai, Shafer, Varga.

Ogohlantirishlar: Varga (23), Ryudiger (27)

image