fbpx Betguru » Yevro-2024. Angliya Niderlandiyaga 90-daqiqada gol urib, finalga yo‘l oldi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Angliya Niderlandiyaga 90-daqiqada gol urib, finalga yo‘l oldi

Yevropa chempionatida ikkinchi finalchi ham aniqlandi.

Niderlandiya va Angliya milliy jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda inglizlar irodali g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limda Simonsning tezkor goliga Keyn penaltidan javob berdi. Jamoa sardori o‘rniga maydonga tushgan Uotkins esa 90-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa Sautgeyt jamoasi qatorasiga ikkinchi qit’a chempionatida finalga chiqdi. Avvalgi Yevroda inglizlar finalda Italiyaga imkoniyatni boy berishgan.

Angliya 14 iyul kungi finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Yevro-2024. Yarimfinal

Niderlandiya — Angliya 1:2

10 iyul, «Signal Iduna Park»

Gollar: Simons (7) — Keyn (18, penalti), Uotkins (90).

Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris (Zirkze, 90+3), de Vrey, van Deyk, Ake, Shauten, Reynders, Simons (Brobbi, 90+3), Malen (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Verman, 35).

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Trippiyer (Shou, 46), Rays, Foden (Palmer, 80), Bellinghem, Maynu (Gallaher, 90+3), Saka (Konsa, 90+3), Keyn (Uotkins, 81).

Ogohlantirishlar: Dumfris (17), Bellinghem (72), Saka (86), van Deyk (87), Simons (90+1), Trippiyer (90+5).

image