fbpx Betguru » Yamal: «Tug‘ilgan kunimni Germaniyada nishonlashni maqsad qilgandim. Endi chempion bo‘lish qolmoqda»
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

Yamal: «Tug‘ilgan kunimni Germaniyada nishonlashni maqsad qilgandim. Endi chempion bo‘lish qolmoqda»

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Lamin Yamal Yevro-2024 yarimfinalidan o‘rin olgan Fransiyaga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bellashuvda 16 yoshli vinger fransuzlar darvozasiga supergol urdi va yirik turnirlarda to‘p kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

«Finalga chiqdik, eng muhimi – chempionlikni qo‘lga kiritish. Bizda qiyin damlar bo‘ldi, hech kim raqib tezkor gol urishini kutmagandi. So‘ng men to‘pni olib, zarba berdim. Juda baxtliman.

Yoshim haqida ko‘p o‘ylamaslikka harakat qilaman, o‘yindan zavq olishga va jamoaga yordam berishga urinaman.

Men g‘alaba qozonishni xohlayman. Maqsadim tug‘ilgan kunimni shu yerda, Germaniyada nishonlash edi», — dedi «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi.

Yamal 13 iyul kuni 17 yoshga to‘ladi. 14 iyulda esa Ispaniya Yevro finalida Angliya — Niderlandiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

image