← Go to the news

20.03.2024
720
Futbol
Yamal – eng yaxshi yosh o‘yinchi, Gyuler 5-o‘rinda, Maynu 7-pog‘onada. Goal 2005 yildan keyin tug‘ilgan vunderkindlar reytingini tuzdi
«Barselona» vingeri Lamin Yamal Goal nashrining eng yaxshi yosh o‘yinchilar reytingini boshqarmoqda.
Internet-portali 2005 yilning 1 yanvar kunidan keyin tug‘ilgan eng yaxshi yosh o‘yinchilar reytingini tuzdi. Unga ko‘ra, Yamal peshqadam bo‘lsa, Endrik va Zoir-Emeri uchlikdan joy olgan.
Top-10lik quyidagi futbolchilardan tashkil topgan.:
- Lamin Yamal («Barselona»)
- Endrik («Palmeyras», yozda «Real»ga o‘tadi)
- Uorren Zoir-Emeri («PSJ»)
- Matis Tel («Bavariya»)
- Arda Gyuler («Real»)
- Vitor Roke («Barselona»)
- Kobbi Maynu («Manchester Yunayted»)
- Kenan Yildыz («Yuventus»)
- Klaudio Echeverri («Manchester Siti»)
- Leni Yoro («Lill»).