fbpx Betguru » Vinisius: «YeCHL — bizning turnir va uni yana yutishni xohlaymiz»
Thursday, 26 December 2024
← Go to the news

Vinisius: «YeCHL — bizning turnir va uni yana yutishni xohlaymiz»

«Real» vingeri Vinisius Junior YeCHL 3-turidagi «Borussiya D» (5:2) ustidan qozonilgan irodali g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kambeklar siri — o‘ziga ishonishda. Biz uyda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynasak, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkinligini bilamiz.

Tanaffusda kiyinish xonasiga kirganimizda ovoz chiqarmadik, faqat murabbiyni tingladik… Faqat bir narsa aytildi: agar ikkinchi bo‘limda birinchi bo‘lib gol ursak, o‘yinga qaytamiz. Bor kuchini bergan muxlislar va jamoaga rahmat, buni uddaladik. Lekin boshidanoq shunday o‘ynashimiz va yaxshilanishimiz kerak. Bo‘lmasa, murabbiy ortiq chidamaydi!

Ikkinchi bo‘limda sxemani o‘zgartirdik, o‘yin tempini ham. Shunday o‘ynashimiz kerak. Bu — bizning turnir va unda yana g‘alaba qozonishni istaymiz.

24 yoshdaman va doim «Real»da qolishni xohlayman. Menga barcha narsani bergan jamoaga ko‘prog‘ini berishni xohlayman.

Muxlislarning «Oltin to‘p» deya hayqirishi? Albatta, juda xursand qiladi», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi AS.

image