← Go to the news

25.06.2024
167
Futbol
Vinisius – asosiy favorit, Kroos 3-o‘ringa ko‘tarildi. Goal «Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingini yangiladi
Vinisius Junior Goal nashri talqiniga ko‘ra, iyun oyida «Oltin to‘p-2024» uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Dastlabki ikki o‘rinni Vinisius va Bellinghem egallab turgan bo‘lsa, Toni Kroos Germaniya milliy jamoasidagi ishtiroki bilan 6-pog‘onadan 3-o‘ringa ko‘tarilgan. Mbappe esa 4-o‘ringa pasaygan. Virts beshlikdan o‘rin olgan. Ro‘yxatda Messi 15-o‘rinda qayd etilgan, Holand 12-o‘ringa tushgan.
Top-20 bilan tanishing:
- Vinisius Junior («Real»);
- Jud Bellinghem («Real»);
- Toni Kroos («Real»);
- Kilian Mbappe («Real» / «PSJ»);
- Florian Virts («Bayer»);
- Harri Keyn («Bavariya»);
- Filip Foden («Manchester Siti»);
- Rodri («Manchester Siti»);
- Jamal Musiala («Bavariya»);
- Rodrigo («Real»);
- Antonio Ryudiger («Real»);
- Erling Holand («Manchester Siti»);
- Daniel Karvaxal («Real»);
- Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»);
- Lionel Messi («Inter Mayami»);
- Bernardu Silva («Manchester Siti»);
- Bukayo Saka («Arsenal»);
- Antuan Grizmann («Atletiko»);
- Lautaro Martines («Inter»);
- Lamin Yamal («Barselona»).