← Go to the news

06.08.2024
130
Futbol
«Vest Hem» Niklas Fyullkrug transferini e’lon qildi
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Niklas Fyullkrug faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.
«Vest Hem» klubi Germaniya milliy jamoasi hujumchisi bilan 4 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Avvalroq, londonliklar hujumchi uchun 26+4 million yevro transfer puli to‘lashi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining maoshi esa 3 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Fyullkrug o‘tgan mavsum Bundesligadagi 29 o‘yinda 12ta golga mualliflik qilgandi.