← Go to the news

15.08.2024
1761
Futbol
«Vest Hem» Aaron Uan-Bissaka transferini e’lon qildi
«Manchester Yunayted» himoyachisi Aaron Uan-Bissaka 5 yillik faoliyatidan keyin klubni tark etdi.
Angliyalik 26 yoshli himoyachi «Vest Hem» klubiga o‘tdi. Londonliklar Aaronning transferi uchun «MYU»ga 15 million funt to‘lashadi. Uan-Bissaka va «Vest Hem» o‘rtasida 2031 yilga qadar mo‘ljallangan 7 yillik shartnoma imzolangan.
Aaron 2019 yilda «Kristal Pelas»dan «MYU»ga 50 million funt evaziga o‘tgan edi. U yakunlangan mavsumda APLda 22 o‘yinda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.