fbpx Betguru » Vengriya hujumchisi Varga Shotlandiya bilan o‘yinda hushini yo‘qotdi. U uchun Yevro-2024 yakunlandi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Vengriya hujumchisi Varga Shotlandiya bilan o‘yinda hushini yo‘qotdi. U uchun Yevro-2024 yakunlandi

Barnabash Varga hushini yo‘qotdi.

Vengriya milliy jamoasi hujumchisi Yevro-2024 3-turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi bahsda (1:0) raqib darvozaboni Angus Gann bilan to‘qnashuv natijasida jarohat oldi.

M4 Sport xabariga ko‘ra, «Ferensvarosh» futbolchisi shifoxonaga yotqizilgan. U hushiga keldi va gaplashdi.

O‘yindan so‘ng Vengriya ustozi Marko Rossi Varga uchun turnir yakunlanganini ma’lum qildi: «Uning ahvoli barqaror, deb eshitdik. U shifoxonada kuzatuv ostida. Biz uning yuz suyagi singanini bilamiz. Vargaga operatsiya kerakmi yoki yo‘qligini bilmaymiz, lekin u bu Yevroda o‘ynamasligi aniq. Eng muhimi — u bilan hammasi joyida».

image