fbpx Betguru » Vaskes «Real» bilan shartnomani uzaytirdi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Vaskes «Real» bilan shartnomani uzaytirdi

Lukas Vaskes yana bir mavsum «Real» sharafini himoya qiladi.

Madrid jamoasi rasmiy sayti klub Lukas Vaskes bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 33 yoshli ispaniyalik himoyachi 2024/25 yilgi mavsum yakunigacha Madrid jamoasida qoladi.

Vaskes 2007 yildan buyon «Real» tizimida sanaladi. U asosiy jamoa tarkibidagi 9 mavsum davomida 21ta sovrin, jumladan 5 marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi, 4 marta La Liga chempioni bo‘lgan.

Avvalroq, klub Modrich bilan ham kelishuvni bir yilga uzaytirgandi.

image