fbpx Betguru » UEFA Mbappening Yevroda qora niqobda o‘ynashiga ruxsat berdi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

UEFA Mbappening Yevroda qora niqobda o‘ynashiga ruxsat berdi

UEFA Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening Yevro-2024da qora rangdagi niqob bilan to‘p surishiga ruxsat berdi.

Fransiya milliy jamoasi forvardi 1-tur doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yin (1:0) yakunida burnini sindirib olgandi. Kilian uchun Fransiya bayrog‘idagi ranglardan maxsus niqob tayyorlangan bo‘lishiga qaramay, UEFA futbolchining bunday niqobda to‘p surishiga ruxsat bermagandi. Reglamentga binoan, niqob bir xil rangda bo‘lib, jamoa yoki ishlab chiqaruvchining belgilari bo‘lmasligi lozim.

RMC Sport xabariga ko‘ra, UEFA Mbappe uchun tayyorlangan qora rangdagi niqob bilan maydonga tushishga ruxsat bergan.

Fransiya ertaga, 25 iyun kuni 3-tur doirasida Polshaga qarshi maydonga tushadi.

image