← Go to the news
22.11.2024
2371
Futbol
«U 5ta «Oltin to‘p»ni yutishi kerak edi» – Buffon faoliyatidagi eng qiyin raqibi haqida
Italiya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatidagi eng qiyin raqib deya Neymarni ko‘rsatdi.
– Faoliyatingiz davomida siz qarshi maydonga tushgan eng kuchli va qiyin raqib futbolchisi kim bo‘lgan deb hisoblaysiz?
– Men uchta avlod vakillariga qarshi maydonga tushganman, ulardan kimni tanlashim mumkin? Zidan, Ronaldo, Messi, Krishtianu Ronaldu, Inesta…
– Bittasini tanlang…
– Neymar. U qanday o‘yinchi va inson ekanligidan kelib chiqib, Neymar 5ta «Oltin to‘p»ni yutishi kerak edi», – deydi «Yuventus», «PSJ» klublari sharafini himoya qilgan afsonaviy darvozabon.