fbpx Betguru » Turkiya — Chexiya o‘yini kartochkalar soni bo‘yicha Yevrolar rekordini o‘rnatdi
Monday, 16 September 2024
← Go to the news

Turkiya — Chexiya o‘yini kartochkalar soni bo‘yicha Yevrolar rekordini o‘rnatdi

Turkiya va Chexiya bir o‘yindagi kartochkalar soni bo‘yicha Yevro rekordini o‘rnatishdi.

Yevro-2024 guruh bosqichining 3-tur bahsi Turkiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuv davomida hakam Ishtvan Kovach har ikki jamoa futbolchilariga jami 18 ta kartochka ko‘rsatdi — 16 ta sariq va 2 ta qizil. Chexiya o‘yinchilari Antonin Barak va Tomas Xori chetlatildi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Turkiya F guruhini 2-o‘rinda yakunladi va 1/8 finalda Avstriya bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Chexiya esa guruhda so‘nggi pog‘onani egallab, turnir bilan xayrlashdi.

image