Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Taniqli sharhlovchi Vasiliy Utkin vafot etdi

Uning sog‘ligida muammolar bor edi — yuragi xasta bo‘lgan.

Rossiyalik taniqli sharhlovchi, jurnalist va «Egrisi» futbol klubi egasi Vasiliy Utkin 52 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov o‘z telegram-kanalida xabar bergan.

«Yuragiga nimadir bo‘libdi. Qo‘rqinchli!» — deya yozgan Karpov.

Vasiliy Utkin 1990-yillar o‘rtalarida NTV va «NTV-Plyus» kanallarida futbol sharhlovchisi, jurnalist va «Futbol klubi» ko‘rsatuvi teleboshlovchisi sifatida shuhrat qozongandi. 2010 yil 1 sentyabrdan 2015 yil 31 avgustiga qadar Utkin «NTV-Plyus» sport kanallarida bosh muharrir lavozimida ishlagan. 2018 yil iyunda Utkin «Futbol klubi» dasturini YouTube’dagi mualliflik kanalida qayta tiklagandi.

«TEFI» 2004 va 2005 yillarda «Eng yaxshi sport sharhlovchisi» nominatsiyasida «TEFI» mukofoti laureati bo‘lgan.