← Go to the news

22.07.2024
112
Futbol
Tadich Serbiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Dushan Tadich Serbiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Yevro-2024 35 yoshli hujumkor yarimhimoyachi uchun milliy jamoadagi yakuniy turnir bo‘ldi.
Dushan Serbiya safida 111 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan.
Futbolchi hozirda «Fenerbahche»da harakat qiladi. O‘tgan mavsumda u Turkiya chempionatining 38 ta o‘yinida 10 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.