fbpx Betguru » Saudiya superkubogi. «Al Hilol» «Al Ahli»dan penaltilar seriyasida ustun kelib, finalga chiqdi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Saudiya superkubogi. «Al Hilol» «Al Ahli»dan penaltilar seriyasida ustun kelib, finalga chiqdi

Saudiya superkubogi birinchi yarimfinalida «Al Hilol» «Al Ahli» bilan to‘qnash kelib, 90-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va so‘ng penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi.

Ikkinchi yarimfinalda 14 avgust kuni «An Nasr» va «At Ta’avun» o‘zaro to‘qnash keladi.

Saudiya superkubogi. Yarimfinal

Al Hilol — Al Ahli 1:1

Penaltilar seriyasi — 4:1.

13 avgust, «Kingdom Arena»

Gollar: Mitrovich (90) — Firmino (60).

Al Hilol — Bunu, Al Yami (Abdulhamid, 62), Xalifa Ad Dovsari, At Tambakti, Lodi (Ash Shahroni, 62), Nosir Ad Dovsari (Al Hamdan, 62), Nevesh, Mikael, Milinkovich-Savich, Salim Ad Dovsari, Mitrovich.

Al Ahli — Mendi, Majrashi (Hindi, 75), Demiral, Ibanes, Al Hurayji, Al Johani (Al Hamad, 84), Kessie, An Nabit (Ar Rashidi, 61), Firmino, Mahrez, Darisi (Veyga, 61).

image