fbpx Betguru » Ronaldu o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Ronaldu o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Krishtianu Ronaldu yana bir jahon rekordi sohibiga aylandi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Irlandiyaga (3:0) qarshi bahs portugaliyalik uchun professonal darajadagi 1226-o‘yin bo‘ldi.
39 yoshli forvard bu borada Braziliya milliy jamoasining sobiq darvozaboni Rojerio Senini ortda qoldirdi.

Ronaldu Portugaliya, Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida 698 ta o‘yin o‘tkazgan, yana 101 ta bahs ushbu mamlakatlar kubok va superkuboklariga to‘g‘ri keladi. Krishtianu, shuningdek, klublar miqyosida xalqaro turnirlarda 220 ta o‘yinda harakat qilgan, milliy jamoada esa 207 ta o‘yin o‘tkazgan.

image