fbpx Betguru » «Real» markaziy hujumchisini «Valyadolid»ga sotdi
Monday, 16 September 2024
← Go to the news

«Real» markaziy hujumchisini «Valyadolid»ga sotdi

«Real» markaziy hujumchisi Xuan Latasani «Valyadolid»ga sotdi.

The Athletic jurnalisti Mario Kortegananing xabar berishicha, transfer 4,5 mln yevroga tushgan. 23 yoshli futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ispaniyalik futbolchi 2016 yilda 15 yoshida Madrid klubiga kelib qo‘shilgan va 2020 yilda yoshlar ligasi chempioniga aylangan.

U «Kastilya»da ham o‘ynagan va 2022 yilda «Real»ning asosiy jamoasida debyut qilgan. Futbolchi so‘nggi ikki mavsumni «Xetafe»da ijarada o‘tkazdi.

image