← Go to the news

16.05.2024
124
Futbol
«Real» bir mavsumdagi «quruq o‘yinlar» soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi
«Real» Ispaniya chempionatida bir mavsumdagi «quruq o‘yinlar» soni bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi.
La Liganing 36-turida Karlo Anchelotti shogirdlari «Santiago Bernabeu»da «Alaves»ni mag‘lub etishdi (5:0).
«Real» bu mavsumdagi 20-bahsda to‘p o‘tkazib yubormadi va klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Andrey Lunin 10, Kepa Arrisabalaga 7, Tibo Kurtua 3 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan.
Oldingi rekord — 19 ta o‘yin ketma-ket ikki mavsumda qayd etilgan: 1986/87 va 1987/88.