«PSJ» o‘yinchilari Luis Enrikedan norozi. Murabbiy va jamoa yetakchisi o‘rtasida kelishmovchilik bor – L’Equipe
«PSJ» bosh murabbiy Luis Enrike va jamoaning aksariyat futbolchilari o‘rtasidagi munosabat sovuqlashgan.
L’Equipe xabariga ko‘ra, «PSJ» futbolchilari Usmon Dembele, Presnel Kimpembe, Randal Kolo Muani jamoaning bosh murabbiyi Luis Enrikening ayrim ishlaridan norozi.
Jamoaning yetakchilaridan biri va mavsumning eng yaxshi assistenti bo‘lib turgan Usmon Dembele Luis Enrikening o‘yin g‘oyalarini tushunmasligini aytgan. U parijliklarning hozirgi taktikasini haddan tashqari taxmin qilinadigan deb hisoblaydi. Shuningdek, Dembele Chempionlar Ligasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (0:2) tarkibdan chetlatilganidan norozi bo‘lgan.
Ispaniyalik murabbiy esa Dembelening mashg‘ulotlarga kechikkib, jamoadagi intizomni buzayotgani, YeCHL 5-turida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olganidan jahli chiqqan.
Presnel Kimpembe va Randal Kolo Muani esa jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo‘lganiga qaramay, kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Luis Enrike boshchiligidagi «PSJ» Fransiya chempionatida 13 turdan so‘ng 33 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turibdi.