← Go to the news
12.09.2024
61
Futbol
Pochettino — AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi
Maurisio Pochettino AQSH milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Argentinalik mutaxassis jamoa Amerika Kubogida guruhdan chiqa olmagani uchun ishdan bo‘shatilgan Gregg Berhalter o‘rnini egalladi.
52 yoshli Pochettino Amerika jamoasini 2026 yilgi o‘z uyida o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlaydi.
O‘tgan mavsumda murabbiy «Chelsi»da ishlagan. Uning qo‘l ostida «ko‘klar» Premer-ligada 6-o‘rinni egallab, Konferensiya ligasiga yo‘llanma oldi. Ammo may oyida Maurisio London klubidan iste’foga chiqarildi.