«Persepolis» — 14 karra Eron chempioni
Eron chempionati so‘nggi turida «Persepolis» (68)o‘z maydonida «Mes» klubini qabul qilib, 86-daqiqadagi gol evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z tarixida 14-bor mamlakatning tengsiz jamoasiga aylandi.
O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Oston O‘runov so‘nggi bellashuvda to‘liq harakat qildi va chempionga aylandi.
Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda o‘ynagan bahsda «Istiqlol» (67) «Paykon»dan ustun kelib, chempiondan 1 ochkoga ortda qolgan holda 2-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Doston Tursunov to‘p tepadigan «Istiqlol Xuziston» (28) esa oxirgi turdagi g‘alaba evaziga 14-pog‘onaga ko‘tarilib, ligada qolishni uddaladi.
Eron chempionati. 30-tur. 1 iyun
Persepolis — Mes 1:0
Gol: Gvelesiani (85).
Paykon — Istiqlol Tehron 0:2
Gollar: Milod Muhammadi (21, 22).
Istiqlol Xuziston — Xavadar 3:1
Gollar: Purali (32, avtogol), Shushtari (46), Savio (65) — Garosian (53, avtogol).