fbpx Betguru » Parij-2024. Ispaniya Marokash bilan o‘yinda 85-daqiqada kambek qilib, ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finaliga chiqdi
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

Parij-2024. Ispaniya Marokash bilan o‘yinda 85-daqiqada kambek qilib, ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finaliga chiqdi

Olimpiada futbol bahslarida dastlabki finalchining nomi ma’lum bo‘ldi.

Marseldagi «Velodrom» o‘yingohida o‘tgan Marokash va Ispaniya o‘rtasidagi bahsning dastlabki daqiqalari o‘zbekistonlik bosh hakam Ilgiz Tantashevning jarohat olib, maydonni tark etgani bilan yodda qolgan bo‘lsa, uning o‘rniga o‘yinni boshqargan zaxira hakami Nyuberg 37-daqiqada VARga murojaat qilib, ispanlar darvozasiga penalti belgiladi. Rahimi bu vaziyatdan unumli foydalandi – 1:0.

65-daqiqada Fermin Lopes hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 85-daqiqada himoyachi Xuanlu Sanches gol urib, ispanlarga kambekli g‘alabani keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, O‘zbekistonning guruhdoshi Ispaniya ketma-ket ikkinchi marta Olimpiada finalchisiga aylandi. Bosh murabbiy Santi Deniya so‘nggi Tokio-2020 Olimpiadasida ham ispanlar yordamchi murabbiyi sifatida finalga chiqqandi. Ikkinchi finalchining nomi Fransiya va Misr o‘yinidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Parij-2024. Yarimfinal

Marokash U-23 – Ispaniya U-23 – 1:2

Gollar: 1:0 – 37, penalti Rahimi, 1:1 – 65 Lopes, 1:2 – 85 Xuanlu Sanches.

Marokko U-23 – Muhammadi, El-Uaxdi, Bukamir, Hakimi, El-Azzuzi, Targallin, Richardson, Ben-Segir, Ezzalzuli, Axomash, Rahimi.

Ispaniya U-23 – Tenas, Miranda (Migel Guterres, 62), Kubarsi, Erik Garsiya, Pubil (Xuanlu Sanches, 62), Aleks Baena, Barrios (Bernabe, 62), Serxio Gomes, Lopes, Oros, Abel Ruis.

Ogohlantirishlar: Tenas (37), Rahimi (37), Lopes (67), Bernabe (72), Richardson (76).

image