fbpx Betguru » O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Lans» klubi safida navbatdagi marta eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylandi.
Saturday, 23 November 2024
← Go to the news

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Lans» klubi safida navbatdagi marta eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylandi.

Fransiya chempionati 6-turi doirasidagi «Lans» – «Nitssa» (0:0) o‘yinida o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachi o‘yin davomida jamoasi darvozasi daxlsiz qolishini ta’minladi va butun o‘yin davomida faolligi bilan ajralib turdi. Abduqodir o‘yinda 6 marta to‘pni egallab oldi, 4 marta raqib zarbasini qaytarib qolishga (blok) erishdi, to‘liq o‘yin davomida havodagi kurashlarda ham ustunlik qildi.

Sofascore statistik portali «Lans» – «Nitssa» (0:0) o‘yinida lansliklar darvozaboni Bris Samba o‘yiniga 8,5 baho bergan bo‘lsa, maydondagi o‘yinchilar orasida eng yuqori ball Husanovga berilgan – 8,2 baho. Nitssaliklar golkiperi Mersin Bulka ham 8,2 ball olgan. Qolgan o‘yinchilarning bahosi 8 ballga yetmagan.

«Lans» – «Nitssa» (0:0) uchrashuvida o‘yinchilarning baholari:

Eslatib o‘tamiz, Husanov «Renn» – «Lans» o‘yinida (1:1) ham lansliklar safidagi eng yuqori baho olgan uch futbolchidan biriga aylangandi.

image