O‘zbekiston Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida uchinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.
8−13 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining medallar jamg‘armasida O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik sportchilar 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada katta ustunlik bilan qozog‘istonlik sportchilar g‘alaba qozondi: 114 ta medal (44 oltin + 33 kumush + 37 bronza). Ikkinchi o‘rinni 64 ta medal (18+21+25) bilan Qirg‘iziston terma jamoasi egalladi.
Turnirda 89 davlatdan 2,5 mingga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ular sportning 21 turi bo‘yicha bellashdi.
Navbatdagi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2026 yilda Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.