← Go to the news
02.12.2024
1456
Futbol
Opta APL chempionligi uchun favoritlar imkoniyatini yangiladi — «Liverpul»da o‘sish, «Siti»da pasayish
«Liverpul» 2024/2025 yilgi mavsumda APL chempionligi uchun asosiy favorit bo‘lib turibdi.
Arne Slot shogirdlari Premer-ligada 12-turdan keyin 31 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Eng yaqin ta’qibchi — «Manchester Siti» 8 ochko ortda.
Opta superkompyuteriga ko‘ra, «Liverpul»ning Angliya chempini bo‘lish ehtimoli — 69,5 foizga ko‘tarildi. «Shaharliklar»ning imkoniyati esa — 23,3 foizni tashkil etmoqda.
APL chempionligiga da’vogarlar top-4ligi:
«Liverpul» — 69,5 foiz.
«Manchester Siti» — 23,3 foiz.
«Arsenal» — 6,5 foiz.
«Chelsi» — 0,6 foiz.