OCHL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
Osiyo Chempionlar ligasi-2 turniri 3-turi doirasida «Nasaf» Iordaniyada «Al-Husayn» mehmoni bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiyev taqvimdagi zichlikdan kelib chiqqan holda himoyada rotatsiyalarga qo‘l urdi va bu yakunda o‘zini oqlamadi. Zaxiradan maydonga tushgan Orif Haitam so‘nggi daqiqalarda himoya markazidan yorib kirib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 90+5-daqiqada esa qarshiliklar Da Silvaning bitta goli bilan javob qaytarishdi, ammo bu mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmadi – 1:2.
Shu tariqa, «Nasaf» guruhda 4 ochko bilan 3-o‘ringa tushdi. «Shabob Al-Ahli» «Al-Kuvayt»ni mag‘lub etib 6 ochko bilan peshqadamga aylandi, «Al-Husayn» ham 6 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan.
OCHL. «D» guruhi, 3-tur
«Al Huseyn» (Iordaniya) – «Nasaf» (O‘zbekiston) – 2:1
Gollar: Orif Haitam, 86, 90+1 – Da Silva, 90+5
«Al Huseyn»: 1.Yazid Abdulla, 3.Abdulloh Nasib, 8.Raja Aed Hasan (23.Ahmad Haykal, 81), 9.Abdullah Mohannad (99.Aziz Ndiaye, 69), 13.Mahmud Al Mardi, 15.Said Ahmad Ar-Rosan, 17.Adham Muhammad, 24.Ehson Haddad (77.Orif Haitam, 69), 36.Abduljalil Ajagun, 88.Italo Enrike Silva, 98.Yusuf Abu Jalbush.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 4.Dilshod Komilov, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobur Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 23.Kuach Yuel (20.Viktor Da Silva, 46), 28.Shuhrat Muhammadiyev (22.Igor Golban, 46), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (70.Jambuli Jigauri, 70), 88.Marko Stanoyevich (6.Murod Rahmatov, 46).
Shabob Al Ahli – Al-Kuvayt – 4:1.