← Go to the news

03.04.2024
184
Futbol
«MYU» himoyachilari Martines va Lindelyof bir oyga safdan chiqdi
«Manchester Yunayted» himoyachilari Viktor Lindelyof va Lisandro Martines jarohati sabab bir oy maydonga tusha olmaydi.
Lindelyof APLning 30-turida «Brentford»ga qarshi o‘yinda (1:1) sonidan jarohat oldi.
Shvetsiyalik futbolchi 69-daqiqada tizzasidan olgan jarohati tufayli 6 hafta maydonga tushmagan Lisandro Martinesga almashtirildi.
Mankunianliklar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Viktor o‘rniga maydonga tushgan argentinalik himoyachi ham yana safdan chiqqan. U mashg‘ulot vaqtida boldir mushagidan jarohat olgan. Bu — Lisandroning ushbu mavsumdagi 3-jarohati.
Har ikki futbolchi kamida bir oy o‘ynay olmaydi.