fbpx Betguru » «MYU» 18 yoshli himoyachiga 60 mln yevro taklif qildi – Marca
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

«MYU» 18 yoshli himoyachiga 60 mln yevro taklif qildi – Marca

Fransiyaning «Lill» klubi himoyachisi Leni Yoro «Manchester Yunayted» klubiga o‘tishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Manchester klubi «Lill»ga Yoro transferi bo‘yicha taklif jo‘natgan. Fransuz klubi o‘z vunderkindi uchun 60 million yevro olmoqchi, inglizlar esa top-klublar e’tiboriga tushgan himoyachi uchun «Lill» so‘rayotgan pulni to‘lashga tayyor.

Avvalroq, Yoroga «Real», «Borussiya» va «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qayd etilishicha, Madrid klubi Yoroning vakillariga «Real» bu transferni amalga oshirishi uchun bir yil kutishga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan. Futbolchining o‘zi ham Madrid klubiga o‘tish istagini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Leni yakunlangan mavsumda klubi safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qildi.

image