Mourinio boshqaruvidagi «Fenerbahche» YeCHL saralashidan o‘tolmadi
Yevropa Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichida «Lill» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Fenerbahche»dan ustun keldi.
Javob bellashuvida 90+1-daqiqada Mourinio jamoasi umumiy hisobni tenglashtirdi, ammo fransuz klubi qo‘shimcha bo‘limlarda kamchilikda qolganiga qaramay saralashning so‘nggi bosqichiga olib chiquvchi to‘pni kiritdi.
Shu tariqa Istanbul klubi nufuzli yevrokubokning guruh bosqichiga yo‘l ololmadi va Yevropa Ligasida qatnashadigan bo‘ldi.
YeCHL, 3-saralash bosqichi
Javob o‘yini
Fenerbahche — Lill 1:1
13 avgust, «Shukru Sarajo‘g‘li»
Gollar: Diakite (90+1, avtogol) — Devid (116, penalti).
Fenerbahche – Livakovich, Ostervolde (Aydin, 119), Jiku, Suyunchi, Muldur (Oseyi-Semyuel, 63), Yandash (An-Nosiri, 63), Yuksak, Sen-Maksimen (Qahvachi, 75), Shimanski, Tadich (Tosun, 85), Jeko (Elmaz, 90).
Lill – Shevale, Gudmundsson (Ismaili, 105), Santush (Mandi, 81), Alessandro, Diakite, Mene (Ture, 105), Haraldsson (Sahraui, 98), Gomes (Mukau, 82), Andre, Kabella (Jegrova, 69), Devid.
Ogohlantirishlar: Muldur (8), Alessandro (35), Gomes (55), Jiku (64), Suyunchi (68), Jegrova (80), Haraldsson (86).
Chetlatish: Mandi (109).
Birinchi o‘yin — 1:2.