← Go to the news

22.08.2024
91
Futbol
Morata «Milan»dagi debyutida jarohat olib, 3 haftaga safdan chiqdi
Alvaro Morata «Milan» safidagi debyut o‘yinidayoq jarohat oldi
Relevo xabariga ko‘ra, ispaniyalik hujumchi A Seriya doirasidagi «Torino»ga qarshi bahsda (2:2) oyoq mushaklarini shikastlab olgan.
Qayd etilishicha, u «Parma» va «Latsio»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Alvaro Ispaniyaning sentyabr oyidagi Serbiya va Shveysariyaga qarshi uchrashuvlari uchun chaqirilmaydi. Morata 3 haftaga safdan chiqqani aytilmoqda.