Montella: «Turkiya Yevrolarda ilk bor 1-turda g‘alaba qozondi. Endi Portugaliyani ham yutib, pley-offga chiqmoqchimiz»
Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella Yevro-2024 1-turidan o‘rin olgan Gruziyaga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Darvoza tomon 22 ta zarba berdik. Qayerdadir ehtiyotkorlik bilan o‘ynash mumkin edi, lekin umuman olganda, menga ko‘rganlarim yoqdi. VAR ikkinchi golni inobatga olmagach, biroz bo‘shashdik.
Gruziya — jismoniy jihatdan kuchli, yaxshi tashkil etilgan jamoa. Bu jamoa o‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, shunga yarasha o‘ynaydi. Ularning Yevroga chiqqani bejiz emas.
Ilk bor Yevrodagi 1-tur o‘yinida g‘alaba qozondik. Oxirgi uchta turnirda guruh bosqichidan chiqa olmagandik, so‘nggisida birorta ochko qo‘lga kiritilmagan.
Dastlabki maqsadimiz ushbu bahsda g‘alaba qozonish edi. Endi keyingi o‘yinni ham yutib, pley-offga chiqmoqchimiz», — dedi italiyalik mutaxassis.
Turkiya 2-turda 22 iyun kuni Portugaliya bilan o‘ynaydi.