fbpx Betguru » Modrich Xorvatiya tarkibida 177-o‘yinini o‘tkazdi. Yevropada faqat Ronaldu va Ramos undan oldinda
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Modrich Xorvatiya tarkibida 177-o‘yinini o‘tkazdi. Yevropada faqat Ronaldu va Ramos undan oldinda

Luka Modrich milliy jamoadagi o‘yinlari soni bo‘yicha Yevropada 3-o‘ringa chiqdi.

Yevro-2024 2-turi doirasida Albaniyaga qarshi bahs (2:2) Xorvatiya sardori uchun milliy jamoa safidagi 177-o‘yinga aylandi.

Natijada, Modrich italiyalik darvozabon Janluiji Buffonni (176 o‘yin) ortda qoldirib, milliy jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha Yevropada 3-o‘ringa chiqdi.

Modrichdan avvalgi ikki o‘rinni ispaniyalik Serxio Ramos (180 o‘yin) va Krishtianu Ronaldu (208 o‘yin) egallab turibdi.

image