fbpx Betguru » «Milan» Morata transferini e’lon qildi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

«Milan» Morata transferini e’lon qildi

«Atletiko» va Ispaniya milliy jamoasi forvardi Alvaro Morata faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

«Milan» klubi ispaniyalik hujumchi bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolagan. Milanliklar Morataning transferi uchun «Atletiko»ga 13 million yevro to‘laydi.

Avvalroq, «Atletiko»ni tark etgan 31 yoshli ispaniyalik hujumchi Madridda «Milan» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani xabar qilingandi. Futbolchining o‘zi ham bu borada fikrlarini bildirgan:

«Faoliyatimdagi eng yaxshi yillar meni kutib turganini sezyapman. Shu bois ushbu buyuk klubga o‘tishni istadim.

Italiyada menga doim yuksak hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan. Yozgi ta’tilni ham o‘sha yerda o‘tkazmoqchiman. A Seriyaga qaytishni intizorlik bilan kutaman», – degan Morata.

Eslatib o‘tamiz, Morata 2014-2016 va 2020-22 yillarda Italiyaning boshqa bir klubi «Yuventus» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u «Chelsi» va «Real»da ham to‘p surgan.

image