← Go to the news

03.06.2024
1248
Futbol
Mbappe, Keyn, Bellinghem, Foden – Goal top-5 liga o‘yinchilaridan iborat mavsum jamoasini tuzdi
Goal nashri yakunlangan mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan top-5 liga vakillaridan iborat ramziy jamoani tuzdi.
Unga ko‘ra, quyidagi futbolchilar ramziy jamoadan joy olgan:
Darvozabon: Yan Zommer («Inter»);
Markaziy himoyachilar: Vilyam Saliba («Arsenal»), Mats Hummels («Borussiya»), Virjil van Deyk («Liverpul»);
Qanot himoyachilari: Aleks Grimaldo, Jeremi Frimpong (ikkisi ham – «Bayer»);
Yarimhimoyachilar: Rodri («Manchester Siti») Jud Bellinghem («Real»);
Hujumchilar: Harri Keyn («Bavariya»), Kilian Mbappe («PSJ»), Fil Foden («Manchester Siti»).