← Go to the news

03.07.2024
2372
Futbol
Mark Giu «Barsa»dan «Chelsi»ga o‘tdi
«Barselona»ning 18 yoshli hujumchisi Mark Giu «Chelsi» futbolchisiga aylandi.
London klubi rasmiy saytiga ko‘ra, ispaniyalik 18 yoshli forvard bilan 5 yillik shartnoma imzolangan. London klubi Guining Kataloniya klubi bilan shartnomasida belgilangan 6 million yevro tovon puli bandini faollashtirgan.
«Chelsi» bilan shartnoma imzolash men uchun katta xursandchilik. Bolaligimdan Premer-ligada to‘p surishni orzu qilgandim», – deydi Gui.
Mark yakunlangan mavsumda La Ligada 3 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.