fbpx Betguru » Mamardashvili ikki ko‘rsatkich bo‘yicha Yevrolar rekordini o‘rnatdi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Mamardashvili ikki ko‘rsatkich bo‘yicha Yevrolar rekordini o‘rnatdi

Georgi Mamardashvili Yevro guruh bosqichida seyvlar soni bo‘yicha rekordni takrorladi.

Gruziya milliy jamoasi Yevro-2024 3-turida Portugaliyani mag‘lub etdi (2:0) va 1/8 finalga yo‘l oldi.

Gruzinlar posboni 3 ta turda 3,6 ta ehtimoliy goldan qutqardi. Bu — XXI asrdagi Yevrolar guruh bosqichidagi rekord.

Yevro-2024 da 3 ta o‘yin o‘tkazgan «Valensiya» darvozaboni 21 ta seyv amalga oshirdi va bu borada Yevro-2004da latviyalik Aleksandr Kolinko tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

Bir o‘yinda eng ko‘p seyv qilish bo‘yicha Yevro rekordi hamon Kolinkoga tegishli. U 2004 yilda Niderlandiyaga qarshi bahsda 12 marta seyv qilgan.

image