← Go to the news
12.03.2024
99
Futbol
Mak Allister Dokuning qo‘polligi haqida: «Bu yaqqol penalti edi. Hakam oxirgi qarorda adashdi»
Aleksis Mak Allister «Liverpul» – «Manchester Siti» (1:1) uchrashuvidan keyin fikrini bildirib, Doku bilan bo‘lgan vaziyatda uchrashuv bosh hakami xatoga yo‘l qo‘ydi deb hisoblamoqda.
90+8-daqiqada Jeremi Doku to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘lib butsaning tag qismi bilan mezbonlar a’zosi Mak Allisterning ko‘krak qismiga tegib, raqibini yiqitdi. Bosh hakam Maykl Oliver penaltini belgilamaslikka qaror qildi.
«Bu yaqqol penalti edi. Boshqa hech narsa degim yo‘q. Hakam o‘yin davomida yaxshi ishladi, ammo so‘nggi qarorida xato qildi», – deydi argentinalik futbolchi.