fbpx Betguru » Levandovski Yevro-2024 1-turini o‘tkazib yuboradi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Levandovski Yevro-2024 1-turini o‘tkazib yuboradi

Robert Levandovski jarohat oldi va Yevro-2024 1-turida Polshaga yordam bera olmaydi.

Polsha milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Turkiyani mag‘lub (2:1) etdi. Ushbu bahsda jamoa yetakchisi Robert Levandovski jarohat olgan.

«Robert dastlabki turga qadar tiklana olmaydi. U 2-turda Avstriyaga qarshi o‘yinda bizga yordam berishi uchun bor imkoniyatni ishga solamiz», – deydi Polsha milliy jamoasi shifokori.

Ma’lumot uchun, Polsha 16 iyun kuni 1-tur doirasida Niderlandiyaga qarshi o‘ynasa, 21 iyun kuni Avstriya bilan o‘ynaydi.

image