← Go to the news

20.03.2024
133
Futbol
Kurtua «Real» mashg‘ulotida yana jarohat oldi. U bu mavsum boshqa o‘ynay olmaydi – Marca
«Real» darvozaboni Tibo Kurtua yana jarohat oldi.
Mavsum startida xochsimon paylari uzilishi oqibatida 8 oyga safdan chiqqan belgiyalik darvozabon tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan va yaqin orada safga qaytishi kutilgandi. Ammo u bugun Madrid klubining mashg‘ulotlari paytida o‘ng tizzasidan navbatdagi jiddiy jarohat olgan.
Marca nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli belgiyalik darvozabon mashg‘ulotlarni ko‘zda yosh bilan tark etgan. U joriy mavsum klubi safida boshqa maydonga tusha olmasligi aytilmoqda.
The Athletic nashri jurnalisti Mario Kortegana darvozabonning taxminan 6-7 haftaga safdan chiqqanini yozgan.
Kurtua o‘zining oxirgi rasmiy uchrashuvini 17 iyunda – milliy jamoa safida o‘tkazgandi.