fbpx Betguru » Konte – «Napoli» bosh murabbiyiga aylandi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Konte – «Napoli» bosh murabbiyiga aylandi

«Napoli» klubi Antonio Konte jamoa bosh murabbiyiga aylanganini rasman e’lon qildi.

Neapol klubi xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bilan 2027 yilning 30 iyun kuniga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnoma imzolangan.

Kontening so‘nggi klubi «Tottenhem» bo‘lib, u London jamoasini 2023 yilda tark etgach, hech qayerda ishlamayotgandi. Bungacha Antonio «Yuventus», «Chelsi», «Inter» klublarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgandi.

Ma’lumot uchun, Neapol klubi Valtera Madzarrini iste’foga chiqargach, klubni Franchesko Kalsona boshqarayotgan edi. Jamoa A Seriyada mavsumni 10-o‘rinda yakunlagandi.

image