fbpx Betguru » Keyn het-trikdan so‘ng: «Jamoadoshlarim to‘plarga imzo qo‘yishdan charchashdi, ammo to‘xtamoqchi emasman»
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

Keyn het-trikdan so‘ng: «Jamoadoshlarim to‘plarga imzo qo‘yishdan charchashdi, ammo to‘xtamoqchi emasman»

Keyn het-trikdan so‘ng: «Jamoadoshlarim to‘plarga imzo qo‘yishdan charchashdi, ammo to‘xtamoqchi emasman»
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Bundesliga 7-turidan o‘rin olgan «Shtutgart»ga (4:0) qarshi bahsda het-trikka erishgach, o‘z fikrlarini bildirdi.

Futbolchi bungacha 4 o‘yindan beri gol urolmayotgandi.

«Hujumchi sifatida aytmoqchiman: shunday lahzalar bo‘ladiki, tepgan har bir zarbangiz to‘rga tushadi. Gol urmasangiz esa darhol munozaralar boshlanadi.

Bu — hujumchi hayotining bir qismi. Men har doim o‘zimga va jamoadoshlarimga ishonaman», — dedi «Bavariya» forvardi.

Bundan tashqari Keyn jamoadoshlarining uning o‘yiniga bo‘lgan munosabati haqida hazil qildi. U Myunxen klubidagi so‘nggi 7 o‘yinida 3-bor het-trik qayd etdi.

«Menimcha, yigitlar to‘plarga (het-trik muallifi o‘yindagi to‘pni o‘zi bilan olib ketadi va jamoadoshlari unga imzo qo‘yib, tilak yozishadi) qo‘l qo‘yishdan allaqachon charchashgan. Lekin men bunday to‘plardan ko‘prog‘ini qo‘lga kiritishga harakat qilaman», — dedi 31 yoshli ingliz.

image