fbpx Betguru » «Kalyari» Shomurodov bilan xayrlashganini e’lon qildi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

«Kalyari» Shomurodov bilan xayrlashganini e’lon qildi

«Kalyari» klubi Eldor Shomurodov bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi.

Sardiniya jamoasi o‘zbekistonlik hujumchini 30 iyun kuniga qadar ijaraga olgandi va Shomurodov endi huquqiy jihatdan tegishli klubi «Roma»ga qaytdi. Uning rimliklar bilan kelishuvi 2026 yilga qadar imzolangan.

Avvalroq, Eldorning o‘zi muxbiri bilan suhbatda Rim klubiga qaytgani, buyog‘iga nima bo‘lishi yaqin orada ma’lum bo‘lishini aytgandi. Shomurodov A Seriya yakunlangan mavsumida 22 o‘yinda 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Ma’lumot uchun, «Kalyari» mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriyada o‘rnini saqlab qoldi. Klub bosh murabbiy Klaudio Raneri bilan xayrlashgandi.

image