← Go to the news

26.01.2024
5299
Futbol
«Kadis»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Maurisio Pellegrino «Kadis»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi.
Argentinalik 52 yoshli mutaxassis 18-o‘rinda turgan jamoani La Ligada olib qolishga harakat qiladi.
Bungacha «Kadis» Serxio Gonsalesni iste’foga chiqargandi.
Pellegrinoga Ispaniya chempionati begona emas. U «Valensiya», «Leganes» va «Alaves» klublarini boshqargan.