JCH-2026 saralashi. Saudiya Tojikistonni mag‘lub etdi, Qatar va Iroq ham keyingi bosqichga yaqinlashdi
Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi 2-bosqichi doirasida 3-tur bahslari yakuniga yetdi.
A guruhi Qatar (9) Kuvaytga (3) javobsiz 3 ta gol urib, keyingi bosqich sari katta qadam tashladi. Afg‘oniston (1) va Hindiston (4) o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi.
D guruhida O‘mon (6) Malayziyadan (6) ustun keldi va guruhdagi intriga kuchaydi. Qirg‘izistonda ham 6 ochko bor. Xitoy Taypeyi (0) autsayder bo‘lib turibdi.
F guruhida Iroq (9) Filippinga (1) so‘nggi daqiqalarda gol urdi. Indoneziya (4) Viyetnam (3) ustidan g‘alaba qozondi.
G guruhida Saudiya Arabistoni (9) og‘ir o‘yinda Tojikistonnni (4) minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Iordaniya (4) Pokistonda (0) yirik g‘alabaga erishdi.
H guruhida BAA (9) Yamanni (3) qiyinchilik bilan yengdi, Bahrayn (6) Nepalga (0) javobsiz 5 ta gol urdi.
I guruhida Falastin (4) Bangladeshni (0) tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Bu guruhda Avstraliya (9) va Livan (2) ham bor.
JCH-2026 saralashi. 2-bosqich. 3-tur
A guruhi
Qatar — Kuvayt 3:0
Gollar: Afif (47, 68), Ar Ravi (51).
Afg‘oniston — Hindiston 0:0
D guruhi
O‘mon — Malayziya 2:0
Gollar: As Sabhi (58), Al Gassani (88).
F guruhi
Iroq — Filippin 1:0
Gol: Mohanad Ali (84).
Indoneziya — Viyetnam 1:0
Gol: Vikri (52).
G guruhi
Saudiya Arabistoni — Tojikiston 1:0
Gol: Salim Ad Dosari (23).
Pokiston — Iordaniya 0:3
Gollar: At Tamari (2, 86), Olvan (9, penalti).
H guruhi
BAA — Yaman 2:1
Gollar: Solih (24, penalti), Odil (72) — Idris (69, avtogol).
Nepal — Bahrayn 0:5
Gollar: Al Humaydan (2), Baqir (9), Madan (45+4), Abdulatif (90+6, penalti).
I guruhi
Falastin — Bangladesh 5:0
Gollar: Dabbag‘ (43, 53, 77), Qumbur (45+1, 49).