fbpx Betguru » JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Hongkongni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylanib oldi
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Hongkongni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylanib oldi

Bugun, 21 mart kuni Osiyo maydonlarida JCH-2026 ikkinchi saralash bosqich 3-turi doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

E guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogidan keyingi dastlabki rasmiy uchrashuvini safarda Hongkongga qarshi o‘tkazdi. Srechko Katanets shogirdlari birinchi bo‘limda qator imkoniyatlardan foydalana olmagan bo‘lsa, 2-bo‘limda vakillarimiz Eldor Shomurodovning goli evaziga hisobni ochishdi – 1:0. Uch oylik tanaffusdan keyin milliy jamoaga qaytgan Eldorning goliga Azizbek Turg‘unboyev hammualliflik qildi.

65-daqiqada esa Jaloliddin Masharipovning burchakdan yetkazgan uzatmasini himoyachi Rustam Ashurmatov darvozaga yo‘llab, milliy jamoamizning ishonchli g‘alabasini ta’minladi – 2:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston 3 o‘yinda 7 ochko jamg‘arib, hozircha guruh peshqadamiga aylanib oldi. Guruhdagi yana bir bahsda Eron (4 ochko) bugun Turkmanistonni (1 ochko) qabul qiladi. Milliy jamoamiz 4-tur doirasida 26 mart kuni Toshkentda Hongkongga qarshi saf tortadi.

JCH-2026 2-saralash bosqichi. 3-tur

21 mart (payshanba)

Hongkong – O‘zbekiston – 0:2

Hakam: Kim Vo Sung (Janubiy Koreya)

Gollar: Eldor Shomurodov 49, Rustam Ashurmatov 65.

Hongkong: 1. Hung Fai, 2. Oliver Benjamin Gerbi, 5. Xelio Gonsalves, 6. Vu Chung Lok, 8. Tan Chun Lok, 9. Matt Orr (20. Maykl, 63), 11. Everton (14. Poon, 63), 16.Chan Filipp, 21. Yu Nam, 22. Soaresh Junior Valter, 23. Sun Ming.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov (23. Husniddin Aliqulov, 70), 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21.Azizbek Amonov, 82), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46).

21 mart (payshanba)

21:00. Eron – Turkmaniston.

image