← Go to the news

22.11.2024
57
Futbol
JCH-2026 saralashi. Iroq 2-o‘ringa ko‘tarildi, Iordaniyada durang, Avstraliya Bahraynda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Osiyoda JCH-2026 saralash bosqich 6-turi doirasidagi so‘nggi uchta o‘yin yakunlandi.
V guruhida Iroq safarda O‘monni mag‘lub etgan bo‘lsa, Iordaniya Kuvaytda ochko yo‘qotdi.
S guruhida esa Avstraliya muqarrar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Mahdi Al-Jabarning dublidan keyin mezbonlar g‘alabaga yaqin edi, ammo 90+6-daqiqada Kusini Yengi jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2. Bu Yengining ikkinchi goli bo‘ldi, u birinchi golni ilk daqiqada kiritgandi.
JCH-2026 saralashi. 19 noyabr
V guruhi. 6-tur
O‘mon – Iroq – 0:1
Gol: Yusuf Amin, 36
Kuvayt – Iordaniya – 1:1
Gollar: Muhammad Daam 68 – An-Naymat 21.