JCH-2026 saralashi. Eron safarda BAAni mag‘lub etib O‘zbekistonga yetib oldi, Yaponiya Bahraynni tor-mor etdi
Osiyoda JCH-2026 hal qiluvchi 3-saralash bosqich 2-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinlar yakuniga yetdi.
O‘zbekiston peshqadamlik qilayotgan A guruhidagi uchinchi o‘yinda Eron Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoasi mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alabaga erishdi – 1:0.
Natijada, forslar ochkolar bo‘yicha O‘zbekistonga yetib oldi, urilgan gollar ko‘pligi hisobida O‘zbekiston 1-o‘rinda qoldi.
S guruhida esa dastlabki turda Avstraliyani mag‘lub etib sensatsiyaga sabab bo‘lgan Bahrayn Yaponiyaga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda kunchiqar yurt vakillari mezbonlarni ayab o‘tirishmadi – 5:0.
Shu tariqa, Yaponiya guruhda 6 ochko va +12 to‘plar nisbati bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
JCH-2026 saralashi. A guruhi. 2-tur
BAA – Eron – 0:1
Gol: Mehdi G‘oyedi, 45+3.